IBN MOLIK HAYOTI VA UNING ARAB TILSHUNOSLIGIDA TUTGAN O‘RNI
Keywords:
Ibn Molik, arab tili, Zamaxshariy, Alfiya, nahv, sarf, lug‘aviy ma’no, istilohiy ma’no.Abstract
Mazkur maqolada arab tilshunosligiga katta hissa qo‘shgan Ibn Molik haqida so‘z boradi. Arab tili o‘zining qator xususiyatlari bilan boshqa tillardan farq qiladi, jumladan, atamalar, ta’riflar, til hodisalariga yondashuv va boshqa jihatlari bilan. Ulardan biri har qanday ilmiy tushunchaning, albatta, dastlab lug‘aviy, so‘ng uning istilohiy ma’nolariga e’tibor qaratilishidir. Bunday uslubni boshqa tilshunoslik maktablarida deyarli uchratmaymiz. Darhaqiqat, bu arab nazariy tilshunosligining o‘ziga xos xususiyati va yutug‘idir. Arab tili grammatikasining tarixiy taraqqiyotida alohida o‘rin tutuvchi asarlar sirasidan Xalil ibn Ahmadning «Al-Ayn», Sibavayhning «Al-Kitob», Zamaxshariyning «Al-Mufassal» asarlarini sanash mumkin. Bu kitoblar qatoriga shubhasiz «Al-Xulosatu fi-n-nahv» asari ham kiradi. Bu kitob ko‘proq ikkinchi nomi – «Alfiyatu-bni Molik fi-n-nahvi va-s-sarf», yana ham qisqa shaklda aytganda «Alfiya» nomi bilan shuhrat qozongan. Ta’bir joiz bo‘lsa, mashhurlik bobida bu kitob bilan faqatgina Sibavayhning «Al-Kitob»i raqobat qilishi mumkin. «Alfiya» asarining muallifi Ibn Molik arab tilshunosligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri sifatida e’tirof etiladi.
References
Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. –Toshkent: ТоshDShI, 2008. – 236 b.
Қуръони Карим ва ўзбек тилидаги маънолар таржимаси (муфассир шайх Муҳаммад Содиқ МУҳаммад Юсуф). –Тошкент: Hilol-nashr, 2018. – 616 б.
Шамсиев П. Ўзбек тилшунослигига оид тадқиқотлар. –Тошкент: Фан, 1986. –305 б.
. Сирожиддинов Ш. Ўзбек матншунослиги қирралари. –Тошкент: Академнашр, 2015. -186 б.
10.ابن خلكان. وفيات الأعيان انباء ابناء الزمان. – مصر: ١٨٨١. ج. ١. – 856 ص
11.ياقوت حموى. معجم البلدان. – مصر: مطبعة السعادة، 1906. – 1054ص
12.حاجى خليفة. كشف الظنون عن اسامى الكتب و الفنون. ج. 1. - مصر: دار السعادت، 1894. – 648 ص.
13.سليمان ابن عبد العزيز. ألفية ابن مالك في النحو و الصرف. –الرياض: مكتبة دار المنهاج.1996.- ص748.