IBN MOLIK HAYOTI VA UNING ARAB TILSHUNOSLIGIDA TUTGAN O'RNI
Description
Mazkur maqolada arab tilshunosligiga katta hissa qo‘shgan Ibn Molik haqida so‘z boradi. Arab tili o‘zining qator xususiyatlari bilan boshqa tillardan farq qiladi, jumladan, atamalar, ta’riflar, til hodisalariga yondashuv va boshqa jihatlari bilan. Ulardan biri har qanday ilmiy tushunchaning, albatta, dastlab lug‘aviy, so‘ng uning istilohiy ma’nolariga e’tibor qaratilishidir. Bunday uslubni boshqa tilshunoslik maktablarida deyarli uchratmaymiz. Darhaqiqat, bu arab nazariy tilshunosligining o‘ziga xos xususiyati va yutug‘idir. Arab tili grammatikasining tarixiy taraqqiyotida alohida o‘rin tutuvchi asarlar sirasidan Xalil ibn Ahmadning «Al-Ayn», Sibavayhning «Al-Kitob», Zamaxshariyning «Al-Mufassal» asarlarini sanash mumkin. Bu kitoblar qatoriga shubhasiz «Al-Xulosatu fi-n-nahv» asari ham kiradi. Bu kitob ko‘proq ikkinchi nomi – «Alfiyatu-bni Molik fi-n-nahvi va-s-sarf», yana ham qisqa shaklda aytganda «Alfiya» nomi bilan shuhrat qozongan. Ta’bir joiz bo‘lsa, mashhurlik bobida bu kitob bilan faqatgina Sibavayhning «Al-Kitob»i raqobat qilishi mumkin. «Alfiya» asarining muallifi Ibn Molik arab tilshunosligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Files
444-453.pdf
Files
(999.0 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:19b4ca4a5b3f71e974aa24fb3e0b3040
|
999.0 kB | Preview Download |
Additional details
Related works
- Is cited by
- Journal article: 10.5281/zenodo.8045672 (DOI)