TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'AT FANLARINI O'QITISH METODIKASI
Creators
- 1. Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti o'qituvchisi
Description
Ushbu maqolada tasviriy san’at fanlarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha fikrlar yoritilgan. Ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanlaridan dars beradigan tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy mahorati qay darajada bo‘lishi va ularni tasviriy san’atni o‘qitish haqida tushunarli qilib yoritilgan. Tasviriy san’at o‘quv predmeti har bir inson uchun zarur bo‘lgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim va malakalar beradi. Chunki, har bir o‘quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida, dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo‘ladidi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko‘rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdek ko‘pchilik o‘quvchilar o‘zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me’morlar uchungina emas, u o‘qituvchilar, injenerlar, mediklar, quruvchilar, agranomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir. Ularning har biri o‘z faoliyatlarida rasm, sxemalar, diogrammalar, eskizlar orqali so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan o‘z g‘oya va fikirlarini tasvirlab ko‘rsatishga harakat qiladilar. Lekin, bu maktablarda tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak ekan, degan ma`noni bildirmaydi. Maktablar o‘z nomiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktablari deb nomlanib, bolalarga boshqa fanlar qatori tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan umumiy, elementar bilim va malakalar berishni vazifa qilib quyadi. Yana shuni ham qayd qilish lozimki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari rassomlarni tayyorlamaydi, iqdidorli bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirish bilan ham shug‘ullanishni nazarda tutmaydi. Rassomlar tayyorlash, iqdidorli bolalar bilan ishlash maktab to‘garaklarida, maxsus maktab va akademik litseylarda, kollej va oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida haddan ziyod, bolalarni qiynab qo‘yadigan, ortiqcha zo‘riqishga olib keladigan topshiriqlar berishga harakat qilish to‘g‘ri emas.
Files
203-210.pdf
Files
(302.4 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:437897716f4f181396e453d97a601058
|
302.4 kB | Preview Download |
Additional details
Related works
- Is cited by
- Journal article: 10.5281/zenodo.7481863 (DOI)