VIRTUAL OLAM VA UNING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY TA’SIRINI TA’LIM TIZIMI ORQALI KAMAYTIRISHNING USLUBIY TOMONLARI

Authors

  • Jamshid Elmuradovich Tavmuradov Samarqand temir yo‘l texnikumi umumta’lim fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Xasan Xidirnazarovich Norkulov Samarqand temir yo‘l texnikumi umumta’lim fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Keywords:

axborot, internet, kompyuter, virtual olam, virtual reallik, virtual o‘yin, ta’lim, tarbiya, bilim, dunyoqarash, ijtimoiy fanlar, jamiyat, hayot, ota-ona.

Abstract

Har qanday jamiyatda va har bir davrda farzand ta’lim-tarbiyasi eng ustuvor vazifa bo‘lib kelganligi hech kimga sir emas. Hozirgi axborot texnologiyalari va internetning shiddat bilan rivojlanishi virtual reallikni shakllanishiga olib keldi, hamda bu reallikning bolalar dunyoqarashiga, ta’lim-tarbiyasiga ta’siri ham ijobiy, ham salbiy jihatdan o‘zini namoyon qilmoqda. Bu ta’sirlar o‘z navbatida, ta’lim tizimidagi fanlardan bolalarga chuqur bilim berib uning fikrlash doirasini shakllantirishga yo‘naltirish kerakligini ko‘rsatmoqda. Shu boisdan ham biz ushbu maqolada bolalar ta’lim-tarbiyasida virtual olam hamda virtual reallikning salbiy va ijobiy ta’siri masalasiga ijtimoiy-falsafiy jihatdan yondashib yoritishga urinib ko‘ramiz. Bunda biz, kompyuter va internet olamidagi virtual reallikning bolalar ongiga ta’siri haqida to‘xtalib, ba’zi ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratamiz. Shu bilan birga, bolalarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini shakllantirishda ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda virtual ko‘rgazmali qurollarning ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.

References

Karimov I. A “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent, “Ma’naviyat” 2008.

Axborot asrida ta’lim-tarbiya / – Toshkent: Akademnashr, 2012. – 176 b.

ICTNEWS Aloqa va axborotlashtirish sohasi – tahliliy byulleteni № 13 (63) 2012. – b. 44

Qo‘shoqov Sh.S. Falsafani o‘qitish metodikasi., Samarqand .: 2005 yil. 13-bet

Ergasheva M. Ta’limning tizimli tahlili //Obщestvo i innovatsii. – 2021. – T. 2. – №. 4. – S. 88-97.

Downloads

Published

2022-12-15

How to Cite

Tavmuradov, J. E., & Norkulov, X. X. (2022). VIRTUAL OLAM VA UNING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY TA’SIRINI TA’LIM TIZIMI ORQALI KAMAYTIRISHNING USLUBIY TOMONLARI. Innovative Development in Educational Activities, 1(6), 51–57. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/474