XALQ AMALIY SAN’ATIDA YOG‘OCH O‘YMAKORLIGINING O‘ZIGA XOS AHAMIYATI

Authors

  • Soli Tolibovich Sa’diyev Navoiy davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi v/b dotsenti

Keywords:

Uy-ro‘zg‘or buyumlari, nafosati, murakkabligi, tabiiyligi, eshiklar, binolar, ustun, ravoq, xontaxta.

Abstract

Mazkur maqolada Xalq amaliy bezak san’atining o‘qitishda yog‘och o‘ymakorligining amaliy asoslariga bag‘ishlangan. Unda Xalq amaliy bezak san’ati tarixidan lavhalar, tasvirlashning asosiy qonun qoidalari: konstruktiv tuzilish, nisbatlar, perspektiva, kompozitsiya masalalari hamda ish jarayonidan lavhalar, turli yo‘nalishda ijod qilayotgan ustalar ishlaridan namoishlar ko‘rsatilgan. Shu bilan birgalikda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodga bu hunarni to‘la-to‘kiz yetkazish, ustozlar oldida burchdir. Bu hunar yosh avlodning badiiy didi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga, ularga borliqni tasvirlash uchun tasviriy san’at asoslarini chuqur egallashga, haqqoniy rasm chizish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish vazifasi ham turadi. Xalq yaratgan asarlar o‘zining nafosati, murakkabligi, tabiiyligi bilan kishi aqlini lol qoldiradi. Afsuski, yog‘ochdan ishlangan ajoyib buymlarga har qancha sifatli ishlov berilishiga qaramay, asrlar o‘tishi bilan ular namga dosh bera olmay deyarli ko‘pchiligi chirib, yo‘q bo‘lib ketgan. Bularni arxeologik qazilmalarda topilgan va topilayotgan namunalar isbotlab bermoqda. Yog‘ochda dov-daraxtlarning aksini ifodalash, oddiy chiziqlardan murakkab geometrik shakllar yasashda namoyish etdilar. Ustalarning san’ati otadan bolaga, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘taverdi.

Downloads

Published

2022-11-30

How to Cite

Sa’diyev, S. T. (2022). XALQ AMALIY SAN’ATIDA YOG‘OCH O‘YMAKORLIGINING O‘ZIGA XOS AHAMIYATI. Innovative Development in Educational Activities, 1(5), 161–167. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/252