“BOBURNOMA” ASARI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Keywords:
“Boburnoma”, Movarounnahr, Xuroson, Eron, Hindiston, qomusiy asar, ruboiy.Abstract
“Boburnoma” o‘zbek va umumturkiy adabiyotning mashhur qomusiy asarlaridandir. Mazkur asarda Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlariga oid ko‘plab qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni; ikkinchisi – XV asr oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Afg‘onistonda ro‘y berganhodisalarni; uchinchisi esa Shimoliy Hindiston xalqlarining XVI asrning birinchi choragidagi tarixiga doir lavhalarni o‘z ichiga oladi. “Boburnoma” – 1500 ga yaqin tarixiy shaxs hamda o‘simlik va hayvonot olamiga doir yuzlab nodir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan qomusiy asar bo‘lib, 20 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Ushbu maqolada biz “Boburnoma”ni bugungi kunda adabiyot va boshqa sohalarda tutgan o‘rni haqida muhokama qilamiz.
References
Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. Toshkent .“O‘zbekiston”. 2017.
Jalilov S. Shahzoda Bobur.Toshkent. “Movarounnahr”. 2013.
“Jahon adabiyoti” jurnali, 2017 yil, 2-son.
Qodirov P. “Bobur”. Toshkent. “Sharq”. 2002.
Z.M.Bobur “Boburnoma”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 2008.
G‘.Sotimov, “Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylar davri”, Toshkent, 2009.