GEOFIZIKA FANINI O‘QITISHDA DASTURIY TA’MINOT ISHLANMALARINING O‘RNI
Keywords:
o‘qitishning interfaol usullari, kompetensiya, geofizik usul, dasturiy na’muna, imitatsion model, graviqidiruv, og‘irlik kuchi tezlanishi, xatolik darajasi geografik kenglik.Abstract
Ushbu maqolada oliy o‘quv yurtlarida ixtisoslashgan yo‘nalish bo‘lgan geofizika fanini o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlanmalarining graviqidiruv usuli misolida ko‘rib chiqiladi. Bu esa o‘quv jarayonini jadallashtirish, uni qulaylashtirish, o‘quvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish, darslarning o‘tish tezligini hamda mustaqil ishlash hajmini oshirishga hizmat qiladi, shuningdek talabalarning darslarni tushunish qobiliyatlari, vizual tahlil qila olish ka’bi ko‘plab iste’dodlarini shakllantiradi hamda rivojlantirib boradi. Graviqidiruvning og‘irlik kuchi tezlanishi normal qiymatining geografik kengliklar bo‘yicha taqsimlanishini tushuntirib berish hamda aniqlash va ularni tahlil qilish doirasida ishlab chiqilgan dasturiy na’muna bilan tanishtirib o‘tiladi. Ushbu dasturiy na’munaning o‘qitish jarayonidagi ahamiyati hamda vizual jihatdan yetakchi o‘rinda turishi yoritib beriladi.
Geofizik usullarini fan sifatida o‘rgatishda zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonini takomillashtirish dolzarb bo‘lgan eng muhim masalalardan biri hisoblandi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchilarning o‘qitish usullarini yangilash va dasturiy ta’minotlar bilan uyg‘un tarzda dars jarayonlarini olib borib ta’lim sifatini oshirish, talabalarning malaka va ko‘nikmalarini oshirishning eng muhim shartlaridan biri bo‘lib hizmat qiladi.
References
Grebenyukova V.I. (2014).Aktivnie i interaktivnie metodi obucheniya: Uchebnoye posobiye/Pod red., Nijnev rtovsk: Izd-vo Nijnevart.gos. un-ta, 155 str.
Ziyabov Sh.R., Oripov N.K., Mamarozikov T.U. (2022). Graviqidiruv ma’lumotlarini miqdoriy talqin qilish maqsadida o‘quv dasturiy ta’minot ishlab chiqish. Ilm-fan va innovatsion rivojlanish (ISSN 2181-9637), (81-91).
A.K.Shamshetova, R.N.Melibayeva, X.E.Usmanova, I.O.Xaydarov (2018). Umumiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma. - Т.: «Barkamol fayz media», 272 b.
Novikov K.V. (2013). GravModel2D version.1.6. Rukovodstvo polzovatelya, Moskva, (1-9).
Long LT, Kaufmann RD. (2013). Acquisition and Analysis of Terrestrial Gravity Data. New York: Cambridge University Press.