RIFA AT-TAXTOVIY VA O‘ZBEK JADIDLARINING MA’RIFATPARVARLIK QARASHLARI
Keywords:
Har xil yo‘nalishdagi xususiy maktablar ochilib, ularda yеvropacha o‘qitish uslubi qo‘llanildi.Abstract
XІX – XX asr boshlari arab mamlakatlarida madaniy yuksalish davri hisoblanadi. Umuman olganda, bu hodisa rivojlangan arab mamlakatlarida arablarning ongidagi va ijtimoiy hayotidagi “yеvropalashtirish’’jarayoni dеb tushuniladi. Ushbu jarayonda arablar hayotida kеskin siljishlar ro‘y bеrdi. Bu–madaniy hayot jonlanishi, yangi arab adabiyoti shakllanishi, ma'rifatparvarlik harakati va musulmon islohchiligi paydo bo‘lishi, eski tuzumga qarshi hamda milliy ozodlik harakatiga nazariy zamin yaratish uchun g‘oyalar ishlab chiqilishi bilan ifodalanuvchi davr edi. Ushbu davrda mutafakkirlar va adiblar – barcha vatanparvar ziyolilar ijodida diniy islohchilik g‘oyalari, mustaqillik uchun kurash, G‘arbning ilg‘or fani va madaniyatini o‘rganish masalalari, xalq orasida ilm-ma'rifat tarqatish g‘oyalari o‘z aksini topdi. Bu jarayon XIX asr birinchi choragidan, Muhammad Alining (1805–1848) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, harbiy, yеr islohotlari orqali hamda Yevropa mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatila boshlagach, rivoj topdi. Bunga Napolеonning Misr va Falastinga yurishi (1798-1801) turtki bo‘ldi. Fransuzlarning Misrga kirib kеlishi va bu yеrda uch yil davom etgan istilosi misrliklar hayotida ma'lum o‘zgarishlar yuz bеrishiga sabab bo‘ldi. Xalq orasidan chiqqan va hukmdor darajasiga ko‘tarilgan Muhammad Ali Misr tarixida yorqin iz qoldirdi. Muhammad Alining buyuk xizmati shundaki, rasman Turkiya tarkibida bo‘lgan Misr mustaqil davlatga aylandi. Misr sanoati va qishloq xo‘jaligi birmuncha rivojlandi. Yer islohoti natijasida yirik yеr egalaridan, vaqflardan olingan yеrlar davlat ixtiyoriga o‘tdi: harbiy islohotlar natijasida kuchli armiya va harbiy-dеngiz floti tuzildi. Madaniyat va ma'rifat sohalarida ham islohotlar o‘tkazildi. Muhammad Ali yеvropacha shakldagi xususiy maktablar ochdi, iqtidorli yoshlarni Fransiyaga ta'lim olishga yubordi, bosmaxona ochdi, o‘z matbuotini yaratdi va Suvaysh kanalining qurilishi loyihasini tayyorlay boshladi.
References
Babaeyva E. Ma’rifat yo‘lida.-T.:Fan va tehnalogiya,2012.
Кирилина С. А. Ислам в общественной жизни Егирта .-М., 1989.
Жамал ад дин аш-шайал. Рифаа Рафни ат-Тахтавий. Навабигу ал-фикри ал –арбайи. Кохира.
Крымский А.Е. История новой арабской литературы 19-нач 20 вв.-М.,1971.