XITOY HARBIY TERMINI VA BIRIKMALARINING O'ZIGA XOSLIGI
Creators
- 1. Samarqand Davlat Chet tillari Instituti Yaqin sharq tillari fakulteti Xitoy tili 2-kurs magistranti
Description
Ushbu maqolada Xitoy tilidagi harbiy so‘zi hamda uning ishtirokidagi ba’zi termin va iboralarining kelib chiqishi, o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritilgan.Nazariy jihatdan, mudofaa tafakkuri bir necha tarixiy bosqichlarda rivojlanib, shu kungacha harbiy sohalarga oid fanlarda bir qancha ta’limotlar yaratildi. Jumladan, “Milliy xavfsizlik”, “Umumiy xavfsizlik”, “Kichik urushlar nazariyasi”, “Mudofaani ta’minlashda tizimli yondashuv”, “Zamonaviy urushlar nazariyasi”, “Barqarorlikni ta’minlashda harbiy kuch”, “Yumshoq kuch”, “Aqlli kuch” , “ Ulkan strategiya”, “Katta strategiya” kabi ta’limotlar shular jumlasidandir. Har bir soha terminologiyasi tizimli va mukammal terminlarning bo‘lishini taqozo etadi. Ilmiy- texnik va xorijiy adabiyotlarda, maxsus termniologik lug‘atlarda til omillariga to‘la rioya qilinmay, har bir tilning imkoniyatlarini hisobga olmay tarjima jarayonida ulardan noo‘rin foydalanish tilning barcha terminologik tizimlarida kuzatilayotgan jiddiy qusurlaridandir. Bunday vaziyatlar harbiy va siyosiy sohalar uchun juda jiddiy masala hisoblanadi. Demak harbiy soha terminologiyasi tilshunoslarga mukammal, izchil o‘rganish talabini qo‘ygan.Mudofaa uchun zamon talabi bo‘lgan “harbiy til” ni ilmiy tomonlarini o‘rganib, tinchlikni saqlashda hissa qo‘shish har bir soha vakilining sharafli burchidir.
Files
71-75.pdf
Files
(333.0 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:75c0b1b8ab4c04c8e257977b979897b6
|
333.0 kB | Preview Download |
Additional details
Related works
- Is cited by
- Journal article: 10.5281/zenodo.8249572 (DOI)