NIZOMIYNING “MAXZAN UL-ASROR” DOSTONI NAZIRALARI VA ULARNING O‘RGANILISHI
Keywords:
doston, nazira, anana, sujet, mutafakkir, navoiyshunoslik, tahlil.Abstract
Xamsanavislik Sharq adabiyotining eng go‘zal va boy ananalaridan biridir. Uning natijasida insoniyat tomonidan yaratilgan ma’naviy meros xazinasi ko‘plab nodir durdonalarga ega bo‘ldi. Shu bilan birga buyuk mutafakkir so‘z ustalari tomonidan yaratilgan masnaviylar Sharq xalqlari madaniyati, turmush tarzi va ma’naviy qiyofasining shakllanishida sezilarli tasir ko‘rsatdi. Mazkur jarayonda turkiyzabon adabiyot vakillari ham munosib o‘ringa ega ekanligi sir emas. Nizomiy Ganjaviy ananalariga u yoki bu darajada ergashish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan Qutb Xorazmiy, Mavlono Haydar (Xorazmiy), Poshshoxoja va ayniqsa, Alisher Navoiy kabi o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillarining xamsa sujetlari asosida yaratgan bebaho asarlari uzoq asrlar davomida axloqiy-manaviy kamolot yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.
References
Valixo‘jayev B. O‘zbek adbiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston: 1993. –B 198.
Abdullayev H. Haydar Xarezmi i ego «Maxzn al-asrar». Автореферат dissertatsii kond. nauk. - Т., 1974.
Qosimxonov B. Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari. –Toshkent: Fan, 1987.
Sayyid Kasimi i ego literaturno-didakticheskiye poemi. Автореферат dissertatsii kond. nauk. - Т., 1991.
Bertels Y.E. Nizami // Izbranniye trudi. Nizami i Fuzuli. – M.: IVL, 1962.
Bertels Y.E. Navoiy (Rus tilidan I.Mirzayev tarjimasi). – T.: Tafakkur qanoti, 2015.
Xidirnazarov S. Poema “Hayrat al-abror” (“Smyatenie pravednix”) Alishera Navoi. Problemi tipologii i poeticheskoy arxitektoniki. Автореферат dissertatsii kond. nauk. - Т., 1990.
Muhiddinov M.Q. Komil inson – adabiyot ideali. –Toshkent: Fan, 2005.
Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari. – Toshkent: Gafur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. –B 226.
Jo‘raboyev O. Navoiy na’tlarining matni va nashriga doir (“Hayrat ul-abror” dostoni misolida) // Alisher Navoiy “Xamsa”si va uninig Sharq adabiyoti taraqqiyotidagi ulkan mavqei (Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand: SamDU nashri, 2015. –B 211.
Tohirov S. Alisher Navoiy «Xamsa»si arxitektonikasiga doir ayrim mulohazalar // Nurli yo‘llar (Ilmiy maqolalar to‘plami). – Samarqand: SamDU nashri, 2008. –B 155.
Tohirov S. Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostoni nashrlaridagi ayrim muammolar xususida // BuxDU Ilmiy axboroti. 2013-yil, № 2, –B 138.