SUVDAN FOYDALANISH VA SUVNI TEJASH BORASIDAGI MUAMMOLAR
Abstract
Dunyo aholisining qarib 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda istiqomat qiladi. 2025 yilga kelib, har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi tanqis dududda yashashi mumkin. Ushbu muammo bizning mintaqamiz uchun ham ahamiyatlidir. Boz ustiga, bugungi kunda Yer yuzidagi daryolarning yarmiga yaqini ifloslangan, ularning resurslari tugab bormoqda. Suv tanqisligi katta iqgisodiy qiyinchilik bilan birga, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyoda suv zaxiralarining qisqarishi, ularning sifat ko‘rsatkichlari pasayishi ham eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Albatta, aholining salomatligi, kelajagi bevosita toza ichimlik suvi bilan bogliq. Kelajakda aholi sonining oshib borishi bilan yer usti va yer osti suvlaridan ichimlik suvi sifatida foydalanish yanada ortib boradi. Shu sababli ham yaqin yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, uni tejash borasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
References
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni (06.05.1993 y.);
O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqdash haqida. 06.12.2016 y.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida. lex.uz/ docs/245506?query
O‘zbekistonning yer, suv resurslari: muammo va yechimlar. - T.: «Baktria press», 2017
Qosimova N. Global iqlim o‘zgarishi va jurnalistika. O‘quv-amaliy qo‘llanma. - T., Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi. 2016.