FRANSUZ TILIDAN INGLIZ TILIGA O‘ZLASHGAN SO‘ZLAR URG‘USI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Abstract
Zamonaviy ingliz tilida fransuz tilidan o‘zlashgan so‘zlar urg‘usi bir qancha tadqiqotchi olimlar tomonidan shubha bilan german tillari urg‘usiga o‘xshash deb hisoblab kelingan. Bu juda chuqur xulosa. O. Jesperson ingliz tilidagi so‘nggi bo‘g‘ini urg‘u olgan ko‘plab so‘zlarning masalan “begin, forget” kabi so‘zlar mavjudligi sababli bu fikrga qo‘shilmaydi va o‘zining bir qancha tushunchalarini bayon etadi. Van Draat ham bu masalaga e’tibor qaratadi va uning bir qismini to‘g‘ri deb bilgan holda, eski qarashlarni tugallanmagan, mukammal emas deb izohlaydi. Tomson ham o‘rta asr oxiri ingliz she’riyatidagi bir-biridan farqlanadigan urg‘ularning uchrashini o‘rgangan holda bir qancha qoidalar yaratib, bu qarashlarga xulosa yasashga urinib ko‘rgan.
References
Stephan Gramley. The Vocabulary of World English. Arnold: London, 2001.
Einar Haugen. The analysis of linguistic borrowing. Language. 1950.
E. Fudge. English Word Stress. London: Arnold, 1984.