VATAN KONSEPTI TUSHUNCHASINING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI

Authors

  • Xolmoʻminova Mahliyo Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Jurnalistika fakulteti Filologiya yoʻnalishi magistri

Keywords:

konsept, vatan konsepti, kognitiv birlik, lingvokulturologiya, milliy madaniy konsept.

Abstract

Bugungi o‘zbek tilshunosligida endi rivojlanayotgan sohalaridan biri lingvokulturologiya va kognitiv tilshunoslikdir. Konsept ana shu ikki yo‘nalishga xos ilmiy atama bo‘lib, uning milliy-mental tabiatga egaligi, inson tafakkuri hosilasi o‘laroq tatbiq qilinishi bu ikkala fanning kesishuv nuqtasi hisoblanadi. Umuman konsept atamasi zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlarining asosini tashkil qilib, antroposentrik paradigma asosida shakllanayotgan barcha fanlarda alohida mavqega ega. Zamonaviy tilshunoslikda paydo bo‘layotgan bu kabi terminlar o‘ziga xos izoh va tahlillarni talab etishi shubhasiz. Ularni turli matnlar misolida ko‘rib chiqish qarashlarning turlichaligi tufayli turli xil munozaralarga sabab bo‘ladi. Konsept tushunchasining madaniyligi ham aynan badiiy matn bilan bog‘liq bo‘lib, badiiy adabiyot xalq, millat madaniyatini aniqroq ochib bera oladi. Ushbu atama yuzasidan bugungacha aniq xulosa va dalillar keltirib o‘tilmagan bo‘lsa-da, aytish mumkinki, konsept milliy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib uning ma’lum bir tushuncha insonlar ongida qanday shaklga egaligining o‘ziga xos ko‘rinishi ekanligini rad eta olmaymiz. Vatan konsepti o‘zbek millati nazarida qanday bo‘yoqqa egaligi badiiy adabiyotda, aynan, she’riyatda aniq, tushunarli va ta’sirchan ifodalar orqali beriladi. Ushbu maqolada vatan tushunchasi konseptning lingvokulturologik jihatlari hamda turli lingvistik birliklar orqali qisqacha yoritib beriladi.

Downloads

Published

2022-09-30

How to Cite

Xolmoʻminova Mahliyo. (2022). VATAN KONSEPTI TUSHUNCHASINING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI. Innovative Development in Educational Activities, 1(3), 4–12. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1