ORGANIZM ICHKI MUHITI SUYUQLIGI(QON)NI O‘QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI
Keywords:
odam, qon, yurak, qonning shaklli elementlari, metodlar, o‘quvchilar.Abstract
Organizm ichki muhitini qon, limfa suyuqligi va to‘qima suyuqligi tashkil qiladi. Maktab darsligining 8-sinf odam anatomiyasi kitobida o‘quvchilarga qon haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Qon organizm ichki muhitini saqlashda katta ahamiyatga ega u katta yoshdagi odam tana massasining 7% ini tashkil qiladi. Qon 2 ta tarkibiy qism: qonning shaklli elementlari va qon plazmasidan tashkil topgan. Qonning shaklli elementlari: leykotsit, eritrotsit va trombotsitlardir. Qon inson organizimida ko‘plab vazifalarni bajaradi: transport-moddalarni tashish, himoya, gumoral boshqarish va ichki muhit doimiyligini saqlash. Mana shu ma’lumotlarni kengroq yoritgan holda o‘quvchilarga yangi metodlar bilan mavzuni yanayam chuqurroq o‘rganishiga ko‘maklashamiz.
References
Mavlonov O., Tilalov T., Aminov B. Odam va uning salomatligi darsligi Toshkent 2019 44-bet
Ahmedov A. Odam anatomiyasi Toshkent 2007 262-bet
Qodirov A. Tibbiyot tarixi Toshkent 2005
Azimov I.T., Tolipova J.A., Abdraimova B.B. Biologiya o‘qitish metodikasi Toshkent 2018