AYOLLARDAGI BACHADON MIOMASI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNDA YUZAGA KELADIGAN ASORATLAR

Authors

  • Gulchiroy Shodiqul qizi Haydarova Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
  • Abdulaziz Anvar o‘g‘li Yunusov Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

Abstract

Bachadon miomasi – bachadon yoki bachadon bo‘yni devoridagi yaxshi sifatli neoplazmadir (o‘sma). Bundan tashqari,  bu kasallik ba’zan fibromioma,  leyomioma deb ham ataladi. Ko‘pgina hollarda miomaning bachadondagi ko‘p o‘choqlari mavjud, ularning  har  birining o‘lchamlari bir necha millimetrdan, bir necha santimetrgacha o‘zgarib turadi.  Hozirgi kunda 80 % ayollarda mioma o‘smasi kuzatilmoqda. Bachadon miomasi silliq mushaklardan kelib chiqqan zararsiz o‘sma bo‘lib, bu keng tarqalgan toz suyagi o‘smasi. 45 yoshdagi bemorlarning taxminan  70 % uchraydi. Ko‘pincha bachadon miomasi rivojlanishi ayollarda gormonal buzilishlar bilan bog‘liq,  ayniqsa   estrogen konsentratsiyasi ortishi bilan. Ushbu gormonal buzulish ko‘proq reproduktiv davrdagi yosh ayollar uchun xos hisoblanadi.   Menopauza vaqtida estrogen gormonlarning tabbiy kamayishi tufayli bachadon miomasining o‘z-o‘zidan, davolashdan qat’iy nazar, yo‘qolib ketishi mumkin.  Bachadon miomasi ayollarda 2011- yilda  40  %   kuzatilgan bo‘lsa, bu xavfsiz o‘sma kundan kun ko‘paymoqda. 2016  yilga kelib bu ko‘rsatgich 55% ayollarida bachadon miomasi kuzatilmoqda

Downloads

Published

2022-11-15

How to Cite

Haydarova , G. S. qizi, & Yunusov, A. A. o‘g‘li. (2022). AYOLLARDAGI BACHADON MIOMASI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNDA YUZAGA KELADIGAN ASORATLAR. INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY, 1(7), 131–134. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/conf/article/view/129